BIZ HAQIMIZDA

Haqqim.uz —
Insan Agency jamoasining startap loyihasi

Nasiyaga savdo qiladigan do‘kon va bozor rastalari uchun AI qarz daftari. Uni Toshkentdagi raqamli agentlik — Insan Agency jamoasi yaratgan.

Nega Haqqim.uz?

Nasiya savdoda qarz ko‘pincha qog‘oz daftarda yuritiladi: kim, qancha, qachongacha — ruchka bilan, sahifama-sahifa. Kim kechikkanini bilish uchun butun daftarni varaqlash kerak, daftar yo‘qolsa esa hisob ham yo‘qoladi.

Haqqim.uz shu daftarni telefonga ko‘chiradi. Aytasiz — sun’iy intellekt ism, summa, telefon va muddatni o‘zi yozadi, kechikkanlarni ro‘yxat boshiga chiqaradi. Eski daftarni suratdan ko‘chiradi. Ilova brauzerda ishlaydi va telefonga o‘rnatiladi.

Haqqim.uz qisqacha

Nima
Do‘kon va savdo rastalari uchun sun’iy intellektli qarz daftari (nasiya daftar).
Operator
Insan Agency, Toshkent.
Narx
30 kun bepul, keyin bitta tarif — yiliga 247 000 so‘m.
To‘lov
Paynet QR orqali yoki kartaga o‘tkazma; to‘lov chekining surati yuboriladi.
Qayerda ishlaydi
Brauzerda, telefonga o‘rnatiladi (PWA) — app.haqqim.uz.
Til
Ilova va sayt — o‘zbek va rus tillarida.
Imkoniyatlar
Qarzni ovoz bilan yozish, qog‘oz daftarni suratdan ko‘chirish, AI agent bilan ovozli suhbat, AI yozgan SMS eslatma.
Qarzdorga xabar
Ilova o‘zi yubormaydi: sun’iy intellekt eslatma matnini yozadi, SMS esa sizning telefoningizdan, siz bosganingizda ketadi.

Loyiha ortida — Insan Agency

Toshkentdagi raqamli agentlik. 11 yildan beri sayt, ERP/CRM/LMS tizimlari, AI agentlar va SEO yo‘nalishlarida ishlaydi. Yondashuvi sodda: ortiqcha va’da emas, o‘lchanadigan natija.

yil tajriba
11+
mijoz
150+
loyiha
350+
mamnun mijoz
97%

Xizmatlar

  • Sayt va onlayn do‘kon
  • ERP, CRM va LMS tizimlari
  • AI agentlar
  • SEO

Sohalar

  • Savdo
  • Ta’lim
  • Media
  • Ishlab chiqarish

Mijozlar orasida

  • Dezintash
  • Ustoz.uz
  • Fly TV
  • Afzal Group

Loyihalar ortidagi jamoa

Dizayner, dasturchi va biznes-analitiklardan iborat jamoa. Har bir loyihani g‘oyadan natijagacha birga olib boramiz.

  • Ismoil SafarovAsoschi
  • Lazizxon SodiqovBiznes-analitik
  • Xumoyunmirzo YakubjonovArt-direktor
  • Oyatillo NabijonovFull-stack dasturchi

Savolingiz bormi?
Biz bilan bemalol bog‘laning

Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — javob beramiz. Telefon, pochta va manzil aloqa sahifasida.